Buxorolik oʻqituvchiga BYDCHAZOR avtomobili topshirildi
Romitan tumanidagi 38-maktab oʻqituvchisi Billura Ikromovaning hayoti haqida hikoya qiluvchi “Yoʻl” filmi taqdimoti oʻtkazildi.

Buxorolik oʻqituvchi Billura Ikromovaga “Prezident sovgʻasi” – BYDCHAZOR avtomobili topshirildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Najot” loyihasi doirasida “Yoʻl” filmi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Unda Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi 38-maktab oʻqituvchisi Billura Ikromovaning hayoti hikoya qilingan.
Taʼkidlash joiz, prezident “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” arafasida soha xodimlari bilan oʻtkazilgan muloqotda Billura Ikromova boshlagan ezgu ishni alohida eʼtirof etgan edi.

Billura Fullbright TEA dasturi ishtirokchisi, TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi nufuzli xalqaro sertifikatlar sohibasi, qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasi tashabbuskori sanaladi.
Uning tashabbusi bilan yirik grantlar uchun loyihalar tayyorlanib, yuzlab yoshlar xorijda taʼlim olish va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.
Billuraga mehnatlarining eʼtirofi sifatida “Prezident sovgʻasi” – BYDCHAZOR avtomobili tantanali tarzda topshirildi.
Mazkur filmda Billura Ikromovaning mazkur hayot va kasbiy yoʻli, erishgan yutuqlari badiiy shaklda hikoya qilingan.