platina.uz
Jamiyat

Chinozda poyezd vagoni relsdan chiqib ketdi

Holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytildi. Poyezd harakati tiklangan. 

Chinozda poyezd vagoni relsdan chiqib ketdi

Chinozda poyezd vagoni relsdan chiqib ketdi. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" hodisaga izoh berdi.

2025 yil 27 sentabr soat 21:30 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Rasulobod” MFY Olmazor stansiyasi hududida “Jizzax–Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan tovar poyezdining sut yogʻlari ortilgan 2 ta vagoni relsdan chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida jabrlanuvchilar yoʻq.

Voqea joyiga tuman FVB rahbariyati, TBX navbatchi smenasi va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Holat boʻyicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Poyezd harakati toʻliq tiklangan.

Avvalroq Namangandagi temir yoʻl kesishmasida YTH yuz berib, olti kishi halok boʻlgandi.

"Jentra" avtomobili yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temir yoʻlni kesib oʻtishga uringan. Mashinistlar shoshilinch tormozni qoʻllashgan, ammo bu foyda bermagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid