platina.uz
Jamiyat

Yopiq sud maʼlumotlarini oshkor etganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.  Yopiq sud majlisida ishtirok etadigan shaxslardan tilxat olinadi. 

Yopiq sud maʼlumotlarini oshkor etganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Yopiq sud majlisi maʼlumotlari oshkor etganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (OʻRQ–1084-son, 26.09.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qonun bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumot hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik majburiyati yuklatilgan shaxs tomonidan ularni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, ishni yopiq sud majlisida koʻrish uchun asoslar mavjud boʻlganda sud ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi.

Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi.

Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2025 yil 22 aprel kuni maʼqullangan.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid