platina.uz
Jamiyat

"Yaqin kunlarda barcha bolalarga ruxsat etiladi": Zaharlangan tarbiyalanuvchilar haqida maʼlumot berildi

Ularning 13 nafarining ahvoli oʻrtacha ogʻirlikda, deydi Sanepidqoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekov. 

"Yaqin kunlarda barcha bolalarga ruxsat etiladi": Zaharlangan tarbiyalanuvchilar haqida maʼlumot berildi

Sanepidqoʻmita Toshkent viloyatining qator maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarda oshqozon-ichak faoliyati buzilishi bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha axborot berdi.

Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekovga koʻra, zaharlangan bolalarning 959 nafariga klinik belgilar boʻlmagani uchun darhol javob berilgan.

Hozirgi kunda Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda 694 nafar bolalar davolanmoqda. Ulardan 13 nafarining ahvoli oʻrtacha ogʻirlikda.

27 sentabr kuni yana 421 nafar bolaga ahvoli yaxshilangani sabab uyga javob berish rejalashtirilgan. Poytaxtdagi 17 ta tibbiy muassasadan 100 nafardan oshiq mutaxassis va professorlar jarayonga jalb etilgan.

SSV tashkil etgan shtab xulosasiga koʻra, bolalarga oʻtkir gastentrit tashxisi qoʻyildi. Bu kasallik ogʻir oqibatlarga sabab boʻlmaydi.

"Hozirda ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Tez kunlarda barcha bolalarga uyga javob beriladi", deya maʼlum qildi Nurmat Otabekov.

Yuz bergan holat yuzasidan laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 24 sentabr kuni Toshkent viloyatida bogʻcha bolalari kefirdan zaharlandi.

Kefir Oqqoʻrgʻon tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgan. Zaharlanganlar soni salkam 2 ming nafargacha yetdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid