platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda "Damas" piyodalar oʻtish joyida uch kishini urib ketdi

Harakat vaqtida avtomobilning rul boshqaruv qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan. Piyodalar shifoxonaga yetkazildi. 

Surxondaryoda "Damas" piyodalar oʻtish joyida uch kishini urib ketdi

Surxondaryoda "Damas" piyodalar oʻtish joyida uch kishini urib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

22 sentabr kuni Shoʻrchi tumani “Navroʻz” mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida 1998 yilda tugʻilgan haydovchi boshqargan “Damas” avtomashinasida harakat vaqtida rul boshqaruv qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan. Natijada mashina qarama-qarshi boʻlakka chiqib ketib, yoʻlni tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtayotgan 3 nafar piyodani turtib yuborgan.

Natijada piyodalar olgan tan jarohatlari sababli tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan Shoʻrchi tumani IIB tomonidan yoʻl-transport hodisasi oqibatida olgan tan jarohatining ogʻirlik darajasini, hamda transport vositasining texnik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va texnik ekspertiza tayinlangan. Tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Shahrisabzda maktab oʻquvchisini bosib ketishiga bir bahya qolgan haydovchi jazolangandi. Haydovchi bola piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganiga qaramay toʻxtamagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid