platina.uz
Jamiyat

Tadqiqot: mango diabet xavfini kamaytiradi

Kuniga bitta mango isteʼmol qilish qonda glyukoza nazoratini yaxshilaydi va tanadagi yogʻni kamaytiradi. Mango tarkibida shakar boʻlsa ham boshqa yeguliklar kabi uncha zararli emas. 

Tadqiqot: mango diabet xavfini kamaytiradi

Diabet xavfini kamaytiruvchi meva haqida maʼlumot berildi.

Olimlar eng shirin tropik mevalardan biri boʻlgan mango tarkibida qand miqdori yuqori boʻlishiga qaramay, diabet xavfini kamaytirishi mumkinligini aniqlashdi. Foods jurnalida chop etilgan uzoq muddatli klinik tadqiqot shuni koʻrsatdiki, diabetga chalingan odamlarda kuniga bitta yangi mango isteʼmol qilish qon glyukoza nazoratini yaxshilaydi, insulin sezgirligini oshiradi va tanadagi yogʻni kamaytiradi.

Tadqiqotda ikki guruh koʻngillilar ishtirok etdi: biriga har kuni mango (taxminan 32 gramm shakar), ikkinchisiga esa shakar miqdori kam boʻlgan shirinlik (taxminan 11 gramm shakar) berildi.

Olti oydan soʻng, "shirin" meva koʻproq foydali boʻldi: mango ishtirokchilar qonidagi shakarni kamaytirdi va metabolik salomatlikni yaxshiladi.

Tadqiqot mualliflari nafaqat shakar darajasi, balki mahsulotning tarkibi va xususiyatlari ham muhimligini taʼkidlaydilar.

Mango tarkibida foydali tolalar, vitaminlar va antioksidantlar mavjud boʻlib, ular shirinlik omilini bartaraf qiladi va tanaga qoʻshimcha foyda keltiradi. Shakar qoʻshilgan yeguliklardan farqli oʻlaroq, mevalar metabolik salomatlikni qoʻllab-quvvatlaydi va diabetning oldini olishning bir qismi boʻlishi mumkin.

Avvalroq qovurilgan kartoshkaning yana bir xavfi aniqlangandi. Ushbu mahsulotni sevib isteʼmol qilish qandli diabet ehtimolini oshiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid