Aktyor va soʻz ustasi Sherqoʻzi Gʻoziyev vafot etdi
U "Teleminiatyuralar teatri", "Ekran xandasi", " Shanba nonushtadan soʻng" kabi hajviy koʻrsatuvlar orqali tanilgandi.

Aktyor, rejissyor va soʻz ustasi Sherqoʻzi Gʻoziyev vafot etdi. U 75 yoshni qarshi olgandi.
Sherqoʻzi Gʻoziyev 1950 yilning 8 mayda Fargʻona viloyati, Buvayda tumanida dunyoga kelgan. Ostrovskiy nomli institutining aktyorlik boʻlimiga sirtdan oʻqishga kirib, 1976 yili muvaffaqiyatli tugatgan.
1970 yildan "Teleminiatyuralar teatri" da rollar ijro etishni boshladi. "Ekran xandasi"," Shanba nonushtadan soʻng" koʻrsatuvlari va kinolarda, "Nashtar" kinojurnallarida rollar ijro etdi. 1990 yilda "Qalbim navolari" deb nomlangan sheʼrlar toʻplam kitobi nashr etilgan.