platina.uz
Jamiyat

Ziroat Mirziyoyeva JSST rahbari bilan uchrashdi: tafsilotlar

Bolalar saratonini erta aniqlash, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish, onkologiya va gematologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash muhokama etildi. 

Ziroat Mirziyoyeva JSST rahbari bilan uchrashdi: tafsilotlar

Ziroat Mirziyoyeva JSST rahbari bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Birinchi xonimi, "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori doktor Tedros Adxan Gebreyesus bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ziroat Mirziyoyeva JSST rahbariga tashkilotning dunyoda tibbiyot va sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga qoʻshayotgan ulkan hissasi, Oʻzbekiston bolalari saratonga qarshi dori vositalaridan bahramand boʻlishini taʼminlash boʻyicha global platformani qoʻllab-quvvatlagani va kengaytirgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar hamkorlikni yanada faollashtirishga, xususan, bolalar saratonini erta aniqlash, diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish, onkologiya va gematologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, bolalar va ularning oilalariga reabilitatsiya va ruhiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

JSST rahbari Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash sohasidagi ishlariga hamda muhim ijtimoiy va ekologik loyihalarni amalga oshirayotgan "Zamin" fondi faoliyatiga yuqori baho berdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid