platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida bogʻcha bolalari kefirdan zaharlandi

Kefir Oqqoʻrgʻon tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgan. Bolalar ichida ogʻir ahvoldagi bemorlar yoʻq. 

Toshkent viloyatida bogʻcha bolalari kefirdan zaharlandi

Piskent va Boʻkada bogʻcha bolalari sifatsiz kefirdan zaharlandi.

Joriy yilning 24 sentabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Boʻka tumanlaridagi bir necha maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari salomatligida oʻzgarish boʻlgan. Shu sababli tibbiyot birlashmalarining yuqumli kasalliklar boʻlimiga murojaat qilingan.

Dastlabki tibbiy koʻriklar xulosasi asosida bemor bolalarga “Oshqozon ichak faoliyatining oʻtkir funksional buzilishi, ovqat toksikinfeksiyasi” tashxisi qoʻyilib, zaruriy muolajalar amalga oshirilgan hamda shu kunning oʻzida aksariyat bolalarning sogʻligʻi yaxshilangani tufayli uylariga javob berib yuborilgan. Ogʻir ahvoldagi bemorlar aniqlanmagan.

Mazkur vaziyat Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan nazoratga olinib, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda oʻrganish ishlari boshlangan.

Dastlabki taxminlarga koʻra, bolalar sogʻligʻidagi oʻzgarishlarga sifatsiz sut mahsulotlari sabab boʻlgan. Maktabagacha taʼlim tashkilotlariga shu kuni olib kelingan 3,2% li kefir mahsuloti Oqqoʻrgʻon tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgani aniqlangan.

Tibbiy yordamga murojaat qilgan bemorlardan olingan tahlillar hamda isteʼmol qilingan oziq-ovqatlar namunalari tegishli laboratoriyalarda tekshiruvdan oʻtkazilyapti. Qayd etilgan holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom etyapti.

Oʻrganishlar yakunlariga koʻra, holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi, deyiladi vazirlik xabarida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid