platina.uz
Sport

OʻFA Vadim Abramov, "Paxtakor" va "Mashʼal" klublarini jarimaga tortdi

Ushbu klublarga aloqador mualliflar "Telegram" tarmogʻida uchrashuv rasmiylariga nisbatan obroʻsizlantiruvchi fikrlar bildirishgan va hakamlarni tanqid qilishgan. 

OʻFA Vadim Abramov, "Paxtakor" va "Mashʼal" klublarini jarimaga tortdi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi.

Superliga

“Shoʻrtan” — “Navbahor lochinlari”

Superliga 20-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 70-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Muhammadbobur Moʻydinovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Andijon” — “Paxtakor”

Superliga 20-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 90+7-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Bunyodkor”

Superliga 20-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 58-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Muzaffar Olimjonovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Paxtakor” — “Neftchi”

Superliga 21-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 24-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Flamarion Jovino Filhoga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” — “Neftchi” uchrashuvida “Paxtakor” klubining “Telegram”dagi sahifasi orqali matnli translyatsiya davomida bir necha bor uchrashuv rasmiylariga nisbatan obroʻsizlantiruvchi fikrlar va hakam qarorlariga nisbatan eʼtirozlar bildirilgan. Vaholanki, “Paxtakor” klubi uchrashuvdan soʻng belgilangan vaqt ichida hakamlik yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat kiritmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Paxtakor” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Mashʼal” — “Shoʻrtan”

Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Mashʼal” — “Shoʻrtan” uchrashuvida “Mashʼal” klubining “Telegram”dagi sahifasi orqali matnli translyatsiya davomida bir necha bor uchrashuv rasmiylariga nisbatan obroʻsizlantiruvchi fikrlar va hakam qarorlariga nisbatan eʼtirozlar bildirilgan. Vaholanki, “Mashʼal” klubi uchrashuvdan soʻng belgilangan vaqt ichida hakamlik yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat kiritmagan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Mashʼal” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Shoʻrtan” — “Navbahor lochinlari”

Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Shohmalik Komilovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Shohmalik Komilovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Shoʻrtan” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvida “Shoʻrtan” jamoasi futbolchisi Abubakr Rizo Turdialiyevga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abubakr Rizo Turdialiyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona” — “Dinamo”

Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona” — “Dinamo” uchrashuvida “Dinamo” jamoasi murabbiyi Vadim Abramovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Vadim Abramovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Andijon” — “Paxtakor”

Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Andijon” — “Paxtakor” uchrashuvida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Ibrohim Ibragimovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ibrohim Ibragimovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum” — “Bunyodkor”

Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Temurxoʻja Abduxoliqovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Temurxoʻja Abduxoliqovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Amir Toʻraqulovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Amir Toʻraqulovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Bobomurod Bozorovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Bobomurod Bozorovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Qizilqum” klubi reglament talablarini bajarmadi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Qizilqum” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon” — “Nasaf”

Superliga 20-turidan oʻrin olgan “Surxon” — “Nasaf” uchrashuvida “Surxon” jamoasi futbolchisi Dilshod Yoʻldoshevga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Dilshod Yoʻldoshevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Mashʼal” — “Shoʻrtan”

Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Mashʼal” — “Shoʻrtan” uchrashuvida “Mashʼal” jamoasi futbolchisi Zafarbek Akramovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Zafarbek Akramovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navbahor lochinlari” — “Surxon”

Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — “Surxon” uchrashuvida “Surxon” jamoasi murabbiyi Stanislav Kudryashovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Stanislav Kudryashovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Navbahor lochinlari” — “Surxon” uchrashuvida “Surxon” jamoasi murabbiyi Fevzi Davletovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fevzi Davletovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qoʻqon-1912” — “Qizilqum”

Superliga 21-turidan oʻrin olgan “Qoʻqon-1912” — “Qizilqum” uchrashuvida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Fayzullobek Jumanqoʻziyevga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Fayzullobek Jumanqoʻziyevga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Proliga

“Olimpik” — “Olimpik Mobiuz”

Proliga 13-turidan oʻrin olgan “Olimpik” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvining 39-daqiqasida “Olimpik” jamoasi futbolchisi Ilya Yelichichga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Lokomotiv” — “Olimpik Mobiuz”

Proliga 14-turidan oʻrin olgan “Lokomotiv” — “Olimpik Mobiuz” uchrashuvida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Diyorjon Turopovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Diyorjon Turopovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U-21 chempionati

“Nasaf U-21” — “Buxoro U21”

U-21 chempionati 21-turidan oʻrin olgan “Nasaf U-21” — “Buxoro U-21” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Nasaf U-21” jamoasi futbolchisi Rustam Elamanovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga mavsum oxirigacha chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona U-21” — “Dinamo U-21”

U-21 chempionatining 20-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona U21” — “Dinamo U-21” uchrashuvida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Javohir Gulmatovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Javohir Gulmatovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Buxoro U-21” — “Qoʻqon-1912 U-21”

U-21 chempionatining 20-turidan oʻrin olgan “Buxoro U-21” — “Qoʻqon-1912 U-21” uchrashuvida “Qoʻqon-1912” jamoasi futbolchisi Saidislombek Pahlavonovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Saidislombek Pahlavonovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Neftchi U-21” — “Mashʼal U-21”

U-21 chempionatining 20-turidan oʻrin olgan “Neftchi U-21” — “Mashʼal U-21” uchrashuvida “Mashʼal” jamoasi futbolchisi Abdallah Magaga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdallah Magaga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

U-21 chempionatining 20-turidan oʻrin olgan “Neftchi U21” — “Mashʼal U-21” uchrashuvida “Mashʼal” jamoasi futbolchisi Eshonxon Djaxbarovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Eshonxon Djaxbarovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qizilqum U-21” — “Bunyodkor U-21”

U-21 chempionatining 20-turidan oʻrin olgan “Qizilqum U21” — “Bunyodkor U-21” uchrashuvida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Farhod Rahmatovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Farhod Rahmatovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Surxon U21” — “Nasaf U-21”

U-21 chempionatining 20-turidan oʻrin olgan “Surxon U-21” — “Nasaf U-21” uchrashuvida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Bahodir Xalilovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Bahodir Xalilovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Soʻgʻdiyona U-21” — “OKMK U-21”

U-21 chempionatining 21-turidan oʻrin olgan “Soʻgʻdiyona U-21” — “OKMK U-21” uchrashuvida OKMK jamoasi futbolchisi Abdulloh Fazliddinovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Abdulloh Fazliddinovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Paxtakor U-21” — “Neftchi U-21”

U-21 chempionatining 21-turidan oʻrin olgan “Paxtakor U-21” — “Neftchi U-21” uchrashuvida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Husanboy Umirzaqovga sariq kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Husanboy Umirzaqovga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Birinchi liga

“Aral akademiya” — “Navoiy FA”

Birinchi liga 12-turidan oʻrin olgan “Aral akademiya” — “Navoiy FA” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Navoiy FA” jamoasi futbolchisi Shaxboz Fayziyevga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Qar DU” — “Navoiy FA”

Birinchi liga 13-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 73-daqiqasida “Qar DU” jamoasi murabbiyi Sanjar Toʻraqulovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 4 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Namangan FA” — “Sementchi”

Birinchi liga 13-turidan oʻrin olgan “Namangan FA” — “Sementchi” uchrashuvining 90-daqiqasida yuzaga kelgan janjalda “Namangan FA” futbolchisi Elyorbek Moʻminqulov va “Sementchi” futbolchisi Lazizxon Moʻydinovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, “Namangan FA” futbolchisi Elyorbek Moʻminqulov va “Sementchi” futbolchisi Lazizxon Moʻydinovga 2 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bogʻdod” — “OKMK Semurgʻ”

Birinchi liga 13-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 76-daqiqasida “Bogʻdod” jamoasi futbolchisi Sardorbek Muhammadjonovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 4 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Bux DU” — “Qumqoʻrgʻon”

Birinchi liga 14-turidan oʻrin olgan uchrashuvning 48-daqiqasida “Qumqoʻrgʻon” jamoasi futbolchisi Akobir Zakirovga qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, unga 3 ta oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

“Fargʻona FA” — “Andijon FA”

Birinchi liga 14-turidan oʻrin olgan “Fargʻona FA” — “Andijon FA” uchrashuvida “Fargʻona FA” jamoasi futbolchisi Asilbek Toʻxtasinov qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Asilbek Toʻxtasinovga 4 oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qoʻllanildi.

Birinchi liga 14-turidan oʻrin olgan “Fargʻona FA” — “Andijon FA” uchrashuvida mezbon klub reglament talablarini bajarmadi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Fargʻona FA” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Toshkent vil FA” — “Jizzax FA”

Birinchi liga 14-turidan oʻrin olgan “Toshkent vil FA” — “Jizzax FA” uchrashuvida “Toshkent vil FA” jamoasi murabbiyi Ruslan Ahmedov qizil kartochka koʻrsatildi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Ruslan Ahmedovga 3 oʻyinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“OKMK Semurgʻ” — “Namangan FA”

Birinchi liga 12-turidan oʻrin olgan “OKMK Semurgʻ” — “Namangan FA” uchrashuvida hakamlar brigadasi tribuna osti yoʻlagidan oʻtayotganda muxlislar tomonidan yelim idishlar uloqtirildi, uloqtirilgan jismlardan biri bosh hakamning boshiga tegib unga yengil jarohat yetkazgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, OKMK klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Jizzax FA” — “Oqtepa”

Birinchi liga 11-turidan oʻrin olgan “Jizzax FA” — “Oqtepa” uchrashuvida “Oqtepa” klubi reglament talablarini bajarmadi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Oqtepa” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Ishtixon” — “Zamin”

Birinchi liga 12-turidan oʻrin olgan “Ishtixon” — “Zamin” uchrashuvida “Ishtixon” klubi reglament talablarini bajarmadi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Ishtixon” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Fargʻona FA” — “Paxtakor-farm”

Birinchi liga 12-turidan oʻrin olgan “Fargʻona FA” — “Paxtakor-farm” uchrashuvida “Fargʻona FA” klubi reglament talablarini bajarmadi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Fargʻona FA” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Doʻstlik” — “Navbahor-farm”

Birinchi liga 12-turidan oʻrin olgan “Doʻstlik” — “Navbahor-farm” uchrashuvida “Doʻstlik” klubi reglament talablarini bajarmadi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Doʻstlik” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Navoiy FA” — “Xorazm FA

Birinchi liga 14-turidan oʻrin olgan “Navoiy FA” — “Xorazm FA” uchrashuvida “Navoiy FA” klubi reglament talablarini bajarmadi.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Navoiy FA” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

“Kattaqoʻrgʻon” — “Buxoro FA”

Birinchi liga 14-turidan oʻrin olgan “Kattaqoʻrgʻon” — “Buxoro FA” uchrashuvi 77-daqiqasida mezbon jamoa muxlislari raqib jamoa texnik hududiga mushaklar otganligi va tartibsizliklarga sabab boʻlgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Kattaqoʻrgʻon” klubiga jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid