platina.uz
Jamiyat

Senator Toshkentdagi tirbandliklarda viloyatliklarni aybladi

Har kuni millionga yaqin kishi poytaxtga keladi. Toshkent viloyatidan minglab avtomobillarning ertalab poytaxtga kirib, kechqurun ortga qaytishi tirbandliklarni kuchaytirishi taʼkidlangan. 

Senator Toshkentdagi tirbandliklarda viloyatliklarni aybladi

Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi Erkin Gadoyev poytaxtdagi tirbandliklarda viloyatliklarni aybladi.

Senator tomonidan yuborilgan senator soʻrovida "poytaxt yoʻllarida yuzaga kelayotgan tirbandliklar aholining kundalik hayotiga jiddiy taʼsir koʻrsatayotganiga eʼtibor qaratilgan".

"Maʼlumotlarga koʻra, har kuni 1 millionga yaqin kishi poytaxtga tashrif buyuradi, ularning 275 ming nafari Toshkent viloyatidan kelmoqda. Viloyatning tutash hududlaridan minglab avtomobillarning ertalab poytaxtga kirib, kechqurun ortga qaytishi esa tirbandliklarni yanada kuchaytirmoqda", deyiladi soʻrovda.

Senator soʻrovida vazirlikdan Toshkent shahrida tirbandliklarni kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan choralar, “Intellektual transport” tizimining amaldagi holati, jamoat transportini yagona aglomeratsiya tizimiga oʻtkazish jarayoni, shuningdek, Prezident tomonidan belgilangan vazifalar ijro etilishi va ularning kechikishi sabablari yuzasidan atroflicha maʼlumot taqdim etish soʻralgan.

Maʼlumot uchun, senator Erkin Gadoyev Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid