platina.uz
Jahon

Rossiyada kuchli benzin taqchilligi roʻy berdi

Oʻzbekiston har yili 2 million tonnagacha neft va neft mahsulotlarini import qiladi. Ushbu mahsulotlarning aksariyati Rossiyadan keltiriladi. 

Rossiyada kuchli benzin taqchilligi roʻy berdi

Rossiyaning bir qancha viloyatlaridagi yoqilgʻi quyish shoxobchalarida benzin sotish cheklandi. Ayrim stansiyalar faqat dizel yoqilgʻisi bilan ishlashga oʻtdi, deya xabar beradi mahalliy OAV.

Moskva, Leningrad, Ryazan, Nijniy Novgorod va boshqa viloyatlarda yoqilgʻi sotish cheklovlari joriy etildi. Ayrim shoxobchalarda har bir mijozga 10-20 litrdan koʻp boʻlmagan benzin sotilyapti, boshqalarida esa benzin sotuvi vaqtincha yopilgan.

Soha vakillari vaziyatni talabning mavsumiy oʻsishi va neftni qayta ishlash zavodlarida taʼmirlash ishlari tufayli ishlab chiqarishning kamayishi bilan izohlamoqda. Yana bir omil - ulgurji narxlarning keskin oshishi, bu esa kichik yoqilgʻi quyish shoxobchalari uchun savdoni foydasiz qilgan.

“Lukoyl” baʼzi stansiyalarda benzinni kanistrlarda sotishni taqiqladi va yoqilgʻi kartalarini toʻxtatib qoʻydi. Milliy yoqilgʻi ittifoqi oʻndan ortiq mintaqada yoqilgʻi taʼminoti muammolari haqida xabar berdi. Bozor neftni qayta ishlash zavodlaridan yetkazib berishda ham kechikishlarni boshdan kechirmoqda.

Ukrainada davom etayotgan urush va neft zavodlariga hujumlar taqchillikniing asosiy sababi boʻlishi mumkin.

Kichik yonilgʻi quyish shoxobchalari koʻpincha narxlarning arzonlashishini kutgan holda oʻz faoliyatini toʻxtatib turadi. Yirik kompaniyalar zaxiralarni oldindan toʻplashga harakat qilishadi. Rasmiylar benzin eksportiga cheklovlarni uzaytirish masalasini koʻrib chiqqan va 2025 yil oxirigacha dizel yoqilgʻisi eksportini toʻliq taqiqlashni muhokama qilingan.

Bugungi kunda Oʻzbekiston har yili 2 million tonnagacha neft va neft mahsulotlarini import qiladi. Ushbu mahsulotlarning aksariyati Rossiyadan keladi. 2024 yilda neft va neft mahsulotlari importi 1,97 milliard dollarni tashkil etib, 2023 yilga nisbatan 22,2 foizga oʻsdi. Joriy yilning birinchi yarmida import 1,02 milliard dollarga yetdi (2024 yilning yanvar-iyuniga nisbatan -9,3 foiz).

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid