Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasi ogohlantirish eʼlon qildi
Ushbu mamlakatda tamaki qizdiruvchi qurilmalar (IQOS va boshqalar) hamda elektron sigaretalar bilan bogʻliq qoidalar kuchaytirildi.

Oʻzbekistonning Singapurdagi elchixonasi fuqarolarni ogohlantirdi.
2025 yil 1 sentabrdan boshlab Singapurda tamaki mahsulotlarini qizdiruvchi qurilmalar (IQOS va boshqalar) hamda elektron sigaretalar (veyplar), ayniqsa, “K-pods” turidagi va tarkibida etomidat mavjud boʻlgan veyplarga qarshi yanada qatʼiy qonunchilik choralari kuchga kirdi.
Elektron sigaretalar va tamakini qizdiruvchi qurilmalar Singapurda veyplar va shunga oʻxshash qurilmalarni olib kirish, sotish, saqlash va foydalanish mutlaqo taqiqlanadi.
- Saqlash yoki chekish uchun – 2 000 singapur dollarigacha jarima.
- Sotish yoki olib kirish uchun – 10 000 singapur dollarigacha jarima va/yoki 6 oygacha qamoq (takroriy hollarda – 20 000 singapur dollarigacha va/yoki 12 oygacha qamoq).
- Takroriy hollarda majburiy reabilitatsiya va keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin.
Etomidat va “K-pods”
Singapur “K-pods” turidagi veyplarni giyohvand moddalar bilan bogʻliq qurilma sifatida baholaydi, etomidat esa rasmiy ravishda S sinfdagi giyohvand moddalar roʻyxatiga kiritilgan.
- Saqlash yoki isteʼmol qilish uchun – majburiy kuzatuv va reabilitatsiya dasturi; takroriy hollarda jinoiy javobgarlik.
- Kontrabanda uchun – 3 yildan - 20 yilgacha qamoq va 5 tadan 15 tagacha qamchin jazosi.
- Sotish va tarqatish uchun – 2 yildan - 10 yilgacha qamoq va 2 tadan 5 tagacha qamchin jazosi.
Muxim eslatma:
Qonun Singapur fuqarolariga ham, xorijliklarga ham, shu jumladan talabalar va ish vizasi egalariga ham birdek tatbiq etiladi. Qonun buzilishi quyidagilarga olib kelishi mumkin:
- qoʻlga olinish va ozodlikdan mahrum etish;
- katta miqdordagi jarimalar;
- deportatsiya va mamlakatga qayta kirish huquqidan mahrum etish.
Oʻzbekiston fuqarolariga elektron sigaretalar yoki shunga oʻxshash qurilmalarni Singapurga olib kirish va ulardan foydalanishdan qatʼiy ravishda voz kechish tavsiya etiladi.