Navoiyning ayrim joylarida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari narxi oshadi
"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" tomonidan taqdim etiladigan ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflari qayta koʻrib chiqiladi.

Navoiy viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxi oʻzgaradi.
Bu haqda Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi qarorida maʼlum qilingan. Qaror 2025 yil 24 sentabr kuni eʼlon qilindi.
Aytilishicha, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" tomonidan koʻrsatiladigan ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari tariflari qayta koʻrib chiqiladi.
Unga koʻra, Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri)da aholi uchun 1 kub metr suv narxi 7300 soʻm, byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun 10 ming soʻmni tashkil etadi.
Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq tumani) da suv aholi uchun 3,5 ming soʻm, boshqalar uchun 10 ming soʻm etib belgilandi. Oqova suv xizmatlari narxi 470 soʻmni tashkil etadi.
Ushbu qaror eʼlon qilingandan 15 kun oʻtib kuchga kiradi.
Avgustda ham Navoiyda ichimlik suvi narxlari oshirilishi maʼlum boʻlgandi.
2024 yil apreldan kuchga kirgan 2700 soʻmlik tarif 2 yilga ham bormasdan yana qimmatlagandi.
