platina.uz
Jamiyat

B2 sertifikati boʻlmagan oʻqituvchilarning yil oxirigacha ishlashiga ruxsat berildi

Bu haqda vazir buyrugʻi chiqdi. Oʻqituvchilardan yil oxirigacha bunday sertifikatni olish uchun imtihonlarda qatnashishi haqida tilxat olinadi. 

B2 sertifikati boʻlmagan oʻqituvchilarning yil oxirigacha ishlashiga ruxsat berildi

Maktablarda B2 darajadagi chet tili sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilarning yil oxirigacha ishlashiga ruxsat berildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozaxon Karimovaning buyrugʻi eʼlon qilindi. Buyruq 2025 yil 15 sentabrda imzolangan.

Ayni paytda ulardan yil oxirigacha bunday sertifikatni olish uchun imtihonlarda ishtirok etishi haqida tilxat olinadi.

Vazirlik quyi boʻgʻinlari tomonidan sertifikatsiz oʻqituvchilarning imtihonga tayyorgarlik koʻrishi uchun oʻquv mashgʻulotlari tashkillashtiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi qarori bilan, 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab barcha xorijiy tillar oʻqituvchilari kamida B2 sertifikatiga ega boʻlishi shartligi belgilab qoʻyilgan edi.

Ammo pedagoglar va jamoatchilik vakillarining murojaatlari sababli qaror ijrosi bir yilga uzaytirilgandi. Yaʼni 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab kuchga kirishi kutilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid