platina.uz
Sport

Usmon Dembele "Oltin toʻp" sohibiga aylandi

Oʻtgan mavsumda futbolchi oʻynaydigan “PSJ” Liga 1, Fransiya kubogi va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Dembele mavsumda sermahsul oʻyin namoyish etdi. 

Usmon Dembele "Oltin toʻp" sohibiga aylandi

Parijdagi Shatelet teatrida 69-"Oltin toʻp"ni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofot Fransiya poytaxti klubi - “PSJ” hujumchisi Usmon Dembelega topshirildi.

Bu 28 yoshli fransiyalik futbolchining birinchi “Oltin toʻp”i sanaladi. Qolaversa, u hech qachon avval dunyoning eng kuchli 30 nafar futbolchisi qatoriga kiritilmagan.

Oʻtgan mavsumda “PSJ” Liga 1, Fransiya kubogi va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi (oʻz tarixida birinchi marta). “Qizil va koʻk-anorranglilar” FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining ham finaliga chiqishdi (yangi formatda birinchisi).

Usmon Dembele bu jamoaning yetakchisi edi. Hujumchi 53 uchrashuvda 51 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Dembele ushbu mavsumni ham ajoyib tarzda boshladi, klubning toʻrtta oʻyinida ikkita gol va ikkita golli uzatmani qayd etdi.

Hujumchi ayni damda tizzasidan olgan jarohatidan forigʻ boʻlmoqda. Avvalroq uning tiklanishi taxminan olti hafta davom etishi xabar qilingandi.

Usmon Dembele, baribir, Liga 1ning 5-turida "Marsel"ga qarshi qoldirilgan derbini oʻtkazib yuborgan boʻlardi. Qolaversa, oʻyin “Oltin toʻp”ni topshirish marosimi bilan bir vaqtda boshlandi. Natijada, hujumchi "Stad Velodrom"ga emas, "Shatelet teatri"ga yoʻl oldi.

Dembele oʻz mukofotini afsonaviy Ronaldinodan qabul qilib oldi.

Eslatib oʻtamiz, avvalgi mavsumda mukofotni "Manchester Siti" oʻyinchisi Rodri olgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 70 119 55 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid