platina.uz
Jahon

Qirgʻiziston parlamenti tarixda ilk bor oʻzini oʻzi tarqatib yuboradi

Aslida parlament saylovlari 2026 yil boʻlishi kerak edi. 2027 yil esa prezident saylovlari boʻlib oʻtadi. 

Qirgʻiziston parlamenti tarixda ilk bor oʻzini oʻzi tarqatib yuboradi

Qirgʻiziston parlamenti tarixda birinchi marta oʻzini oʻzi tarqatadi.

Jogorku Keneshning (parlament) Konstitutsiyaviy qonunchilik qoʻmitasi parlamentning oʻzini oʻzi tarqatib yuborish tashabbusini maʼqulladi, deb xabar beradi 24.kg nashri.

Deputat Ulan Primovga koʻra, saylovni 2026 yilda emas, 2025 yilda oʻtkazish siyosiy xavf-xatarlardan xalos boʻlib, hokimiyat tarmoqlari faoliyatida barqarorlikni taʼminlaydi. Parlamentda tashabbusni qoʻllab-quvvatlovchi 32 nafar imzo toʻplagan.

Deputatning taʼkidlashicha, oʻz-oʻzini tarqatib yuborish qarori mamlakat tarixida birinchi boʻladi.

“Ketma-ket ikki saylov kampaniyasini — parlament va prezidentlik kampaniyasini tashkil etish tizimga haddan tashqari yuk boʻlib, xato va qonunbuzarliklarga olib kelishi mumkin”, — deya qoʻshimcha qildi u.

Muhokama yakunlari boʻyicha qoʻmita aʼzolari taklifni qoʻllab-quvvatladilar va hujjat koʻrib chiqish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga yuborildi. Ular yakuniy qaror qabul qilinadigan yigʻilish sanasini belgilaydilar.

Eslatib oʻtamiz, 2020 yilgi parlament saylovi natijalari sabab yuz bergan namoyishlar mamlakatda hokimiyat almashinuviga olib kelgandi. Oʻshanda amaldagi prezident Sooranbay Jeenbekov isteʼfo bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid