platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston AQSh kompaniyasidan 22 ta samolyot sotib oladi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida “Boeing Global” kompaniyasi prezidenti uchrashdi. AQSh rahbari Donald Tramp esa "Truth Social" ijtimoiy tarmogʻida "ulkan bitim" haqida yozdi. 

Oʻzbekiston AQSh kompaniyasidan 22 ta samolyot sotib oladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida “Boeing Global” kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Boeing” - dunyodagi eng yirik aviatsiya va kosmik texnika ishlab chiqaruvchilardan biri.

Oʻzbekiston ushbu kompaniyaning koʻp yillik strategik hamkori ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bu galgi tashrif chogʻida imzolangan “Boeing” samolyotlarini yetkazib berish boʻyicha yangi shartnoma va uzoq muddatli hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarni oʻz vaqtida amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:

"Shu oy boshida men Oʻzbekiston Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni "Boeing" bilan ULKAN bitim imzolangani bilan tabriklayman! "Uzbekistan Airways" 8 milliard dollardan ortiq mablagʻ evaziga 22 ta 787 Dreamliner samolyotini xarid qiladi.

Bu Qoʻshma Shtatlarda 35 000 dan ortiq ish oʻrinlarini yaratadi. Prezident Mirziyoyev - bir soʻzli inson va biz boshqa koʻplab masalalar ustida birgalikda ishlashda davom etamiz! Bu masalaga eʼtiboringiz uchun tashakkur".

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid