platina.uz
Biznes

MDHda birinchi marta: ICTWEEK’da UZTELECOM 10,16 Gbit/s tezlikdagi U6G (5G-Advanced) texnologiyasini taqdim etdi

2025 yil 23-26 sentabr kunlari Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) xalqaro koʻrgazma markazida mintaqaning eng yirik texnologik tadbiri – ICTWEEK 2025 boʻlib oʻtmoqda. Unda 50 dan ortiq mamlakat vakillari, 300 dan ziyod kompaniyalar va minglab mutaxassislar ishtirok etmoqda. Ushbu tadbirda UZTELECOM Oʻzbekistonda ilgari mavjud boʻlmagan va MDH hududida birinchi boʻlgan yechimlarni taqdim etmoqda.

MDHda birinchi marta: ICTWEEK’da UZTELECOM 10,16 Gbit/s tezlikdagi U6G (5G-Advanced) texnologiyasini taqdim etdi

UZTELECOM: oddiy aloqadan – raqamli ekotizimgacha

Zamonaviy futuristik uslubda interaktiv ekranlar bilan jihozlangan stendda MDHda ilk bor amalga oshirilgan texnologiyalar namoyish etildi. Tashrif buyuruvchilar yangi xizmatlarni sinab koʻrish, 10 Gbit/s tezlikdagi real internet koʻrsatkichlarini kuzatish va U6G mobil aloqa imkoniyatlari bilan tanishish fursatiga ega boʻldi. Bu esa ham biznes, ham jismoniy shaxslar uchun jahon darajasidagi xizmatlardan foydalanish imkonini yaratadi.

Simli internet va mobil aloqada ilgʻor texnologiyalar: MDHda birinchi marta U6G (5G-Advanced) texnologiyasi joriy etildi

ICTWEEK 2025 doirasida kompaniya MDHda birinchi marta U6G diapazonidagi 5G-Advanced texnologiyasini namoyish etdi. Bu voqea Oʻzbekistonda mobil aloqaning yangi avlodini boshlab berdi va eng kam kechikish bilan 10 Gbit/s gacha tezlikka erishish imkonini yaratdi. Namoyish vaqtida real tezlik 10,16 Gbit/s gacha yetib, infratuzilmaning amaliy qoʻllanishga tayyorligini tasdiqladi.

U6G chastotasi internetning eng yuqori tezligini taʼminlab, strategik ustunlik yaratadi. Bu 6G texnologiyasiga tayyor infratuzilmani shakllantirish orqali Oʻzbekistonning ilgʻor raqamli yechimlar markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

"Oʻzbekiston 5G-Advanced texnologiyasi, yaʼni U6G chastota diapazoni bilan oldinga ulkan qadam qoʻymoqda hamda Markaziy Osiyoda raqamli texnologiyalar boʻyicha yetakchi oʻrinlarni egalamoqda. Biz MDHda birinchi boʻlib 10 Gbit/s tezlikdagi optik tolali internet va U6G diapazonidagi mobil aloqani ishga tushirayotganimizdan faxrlanamiz. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi xalqimizga jahon darajasidagi yechimlarni taqdim etish uchun oʻz infratuzilmasini rivojlantirishni davom ettirmoqda", – dedi “Oʻzbektelekom” AK boshqaruv raisi oʻrinbosari Javlon Islomov.

Biznes va tashkilotlar uchun yechimlar

ICTWEEK 2025 doirasida UZTELECOM quyidagi yangi xizmatlarini taqdim etdi:

Bulutli xizmatlar – Tier III darajasidagi data-markazda joylashgan virtual serverlar, sunʼiy intellekt uchun kuchli GPU resurslari, 11 petabaytdan ortiq hajmdagi xavfsiz maʼlumotlar ombori va 99,99% ishonchlilik.

1C UZTELECOM – milliy standartlarga mos, avtomatik yangilanadigan onlayn buxgalteriya va boshqaruv tizimi.

UZTELECOM HRM – kadrlarni boshqarish uchun yagona raqamli platforma: xodimlarni ishga qabul qilishdan tortib, KPI koʻrsatkichlarini nazorat qilish va ish vaqtini hisoblashgacha boʻlgan barcha jarayonlarni qamrab oladi.

Telecom Car – xodimlar uchun xizmat avtomobillarini tezkor buyurtma qilish servisi, kompaniya uchun esa safarlar va xarajatlarni nazorat qilish imkoniyati.

Smart Building – AI va Big Data asosida ishlovchi “aqlli bino” yechimi boʻlib, tashrif buyuruvchilar oqimini real vaqt rejimida tahlil qiladi, xavf-xatarlarni aniqlaydi va obʼekt egalari uchun samaradorlik hamda xavfsizlikni oshiradi.

Kiberxavfsizlik – biznesni himoya qilish uchun kompleks yechimlar majmuasi: tahdidlarni monitoring qilish, DDoS-hujumlardan himoya va raqamli savodxonlik boʻyicha oʻquv platformasi.

Shuningdek, kompaniya korxonalarga mijozlar bilan uzluksiz muloqot olib borish va barcha aloqa kanallarini boshqarishni yengillashtiruvchi xizmatlarni ham taqdim etdi:

Virtual raqam – internet yoki alohida qurilmasiz ishlaydigan xizmat. Bir vaqtning oʻzida bir nechta qoʻngʻiroqni qabul qilish, avtomatik javob beruvchi, ovozli menyu, suhbatlarni yozib olish va statistikani kuzatish imkonini beradi.

Call-center autsorsingi – barcha qoʻngʻiroqlarni UZTELECOM operatorlari qabul qiladi, kompaniyaga esa vaqt va mablagʻni tejash imkonini beradi. Xizmat tarkibiga kiruvchi va chiquvchi qoʻngʻiroqlar, 24/7 texnik yordam, suhbatlarni yozib olish, tahlil va brend ostida shaxsiylashtirilgan ssenariylar kiradi.

Omnikanal platforma – mijozlar bilan muloqotni yagona tizimda boshqarish imkonini beruvchi yechim. Chat, messenjer va qoʻngʻiroqlardan tezkor javob, murojaatlar tarixini saqlash, CRM integratsiyasi, analitika, sifat nazorati va yuklamaga moslashuvchanlikni taʼminlaydi.

Avtoqoʻngʻiroq – xabarnoma, eslatma, marketing kampaniyalari va fikr-mulohazalarni yigʻish uchun avtomatlashtirilgan ommaviy qoʻngʻiroqlar xizmati.

MyUZTELECOM Super App – UZTELECOM ekotizimining markazi

ICTWEEK 2025’da asosiy eʼtibor MyUZTELECOM Super App ilovasiga qaratildi. Superilova yangi xizmatlar va funksiyalar bilan boyitilib, kompaniya ekotizimini yanada kengaytirdi. Unda quyidagi xizmatlar mavjud:

Telecom Charger – mamlakat boʻylab elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalariga ulanish.

Travel eSIM – sayohat paytida roumingsiz mahalliy eSIM xizmatini faollashtirish imkoniyati.

ATTO – jamoat transportida toʻlovni toʻgʻridan toʻgʻri mobil hisobdan amalga oshirish.

Telecom TV – premium kontentga ega yangi avlod OTT-televideniye xizmati.

Yandex Plus – musiqa va koʻngilochar xizmatlarga obuna.

UZTELECOM Disk – bulutli tizimda xavfsiz fayl saqlash xizmati.

Videokuzatuv – aqlli kameralar va mobil ilova orqali masofadan boshqarish.

Investitsiya – mobil ilova orqali kompaniya aksiyalarini xarid qilish imkoniyati.

Self-SIM – SIM-kartani onlayn faollashtirish va raqam tanlash imkoniyati.

Shu tariqa, MyUZTELECOM Super App telekommunikatsiya, fintex, transport, media va bulutli xizmatlarni yagona platformada birlashtirmoqda.

Xulosa

UZTELECOM anʼanaviy telekom operatoridan chiqib, keng qamrovli raqamli ekotizimga aylandi. Bugun kompaniya biznesga – oʻsish va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar, millionlab odamlarga esa hayotni yengil va qulay qiladigan zamonaviy IT-yechimlarni taqdim etmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid