Dollar kursi 12 200 soʻmdan pastga tushdi
Dollar bir kunda 86 soʻmga arzonladi. Iqtisodchilar bu jarayonni oltin narxi bilan bogʻladi.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 200 soʻmdan ham tushdi.
Markaziy bank 24 sentabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 86,10 soʻmga arzonlab, 12 171,03 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi. Jumladan, yevro 14 364,25 ssoʻm boʻldi (-69,75).
Rubl esa 145,92 soʻmni tashkil etdi (-0,77). Qozoq tengesi 22,33 ssoʻm (-0,23).
Dollarning mazkur qiymati vaqt oʻtgan sari pasaymoqda. Masalan, joriy yil 19 iyundan rasmiy kurs 12 559 soʻmni tashkil etgan. Iqtisodchilar buni oltin narxi oʻsishi bilan bogʻlagan.