Medal olgan oʻqituvchi paxtaga oʻz ixtiyori bilan chiqqani aytildi
Jizzaxda oʻqituvchi “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganini paxta dalasida eshitgani haqida xabar tarqaldi. Komissiya holat yuzasidan oʻrganish oʻtkazgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda oʻqituvchi “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganini paxta dalasida eshitdi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Ushbu voqea Senatning Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya tomonidan oʻrganildi.
Jizzax shahridagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Gulbahor Samadova paxta yigʻim-terimida yakshanba kuni qoʻshimcha daromad topish maqsadida ishtirok etayotgan boʻlgan.
Uni ushbu ishda qatnashish uchun hech qanday majburlash holati boʻlmaganligi aniqlandi.
Shu bilan birga, Milliy komissiya xodimlarga ularning funksional vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb qilish holatlarini qonunchilikka zidligini hamda bu ishlar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligini yana bir bor eslatadi, deyiladi xabarda.