platina.uz
Jahon

Kim Chen In Shimoliy Koreyaning "maxfiy quroli" haqida eʼlon qildi

Uning soʻzlari Koreya markaziy axborot agentligi tomonidan keltirilgan. Sentabr oyi boshida esa KXDR uglerod tolasi bilan mustahkamlangan dvigatelni sinovdan oʻtkazgandi. 

Kim Chen In Shimoliy Koreyaning "maxfiy quroli" haqida eʼlon qildi

Shimoliy Koreya “maxfiy qurol”ni ishlab chiqdi va yangi esminetslar qurdi, shu tariqa "oʻzini dengizdagi qudratini namoyon etish yoʻlida muhim qadam tashladi".

Bu haqda mamlakat yetakchisi Kim Chen In 14-Oliy xalq assambleyasining sessiyasidagi chiqishida maʼlum qildi.

Uning soʻzlari Koreya markaziy axborot agentligi tomonidan keltirilgan.

“Biz yangi maxfiy qurolga ega boʻldik va mudofaa ilmida katta ilmiy yutuqlarga erishdik, bu esa harbiy salohiyatimizni yanada rivojlantirishga sezilarli hissa qoʻshadi”, — dedi Kim Chen In.

Shimoliy Koreya yetakchisi, shuningdek, yangi esminetslarning qurilishi, bu “dengiz kuchini barpo etish yoʻlidagi birinchi muhim qadam”, shuningdek, “strategik kuchlarning tinimsiz mustahkamlanishi” va seriyali qurollarning takomillashtirilishini eslatib oʻtdi.

Sentabr oyi boshida KXDR uglerod tolasi bilan mustahkamlangan materialdan foydalangan holda yuqori quvvatli raketa dvigatelini sinovdan oʻtkazgandi. Kim Chen In dvigatel sinovini shaxsan kuzatdi.

Dvigatel nozulining sinovi toʻqqizinchisi boʻlib, ishlab chiqish jarayonida yakuniy sinov boʻlishi kutilmoqda.

Koreya axborot agentligi sentabr oyi boshida Shimoliy Koreya qitʼalararo ballistik raketalarni ishlab chiqarishda foydalanish uchun yuqori quvvatli dvigatelni ishlab chiqayotgani haqida xabar bergandi.

Dvigatel sinovlari natijalari bilan tanishib chiqqan Shimoliy Koreya rahbari mutaxassislar bilan bunday mahsulotlarni seriyali ishlab chiqarish uchun baza yaratish masalasini muhokama qildi. Avgust oyi oxirida esa Kim Chen In raketa ishlab chiqarish quvvatini oshirish boʻyicha uchta yangi rejani, shuningdek, tegishli mudofaa xarajatlari rejasini imzoladi.

Avgust oyida OAV Shimoliy Koreyaning Xitoy chegarasidagi maxfiy bazasi haqida yozgandi.

Unda AQSh va Sharqiy Osiyo uchun potensial xavf tugʻdiruvchi uzoq masofali raketalar joylashtirilgani aytilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid