platina.uz
Jamiyat

Inson organlari savdosi bilan shugʻullangan yirik jinoiy guruh aniqlandi

Jinoiy guruhning ikki yillik faoliyati davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar toʻqimalari koʻchirib oʻtkazilgan. 

Inson organlari savdosi bilan shugʻullangan yirik jinoiy guruh aniqlandi

Inson organlari savdosi bilan shugʻullangan jinoiy guruh fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida inson organlari va toʻqimalari savdosi bilan shugʻullangan uyushgan jinoiy guruh fosh etildi.

Toshkent shahri va Toshkent, Fargʻona, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi 12 nafar fuqarodan iborat jinoiy guruh ijtimoiy tarmoqlar orqali buyrak va jigar kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarni topib va sogʻlom fuqarolarni moʻmay pul zvaziga oʻz organini sotishga qiziqtirgan. Soʻngra chet eldagi tanishlari yordamida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish orqali ularni goʻyoki qarindosh sifatida koʻrsatib, qoʻshni davlatlardan biridagi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishgan.

Uyushgan jinoiy guruhning 2023-2025 yillardagi faoliyati davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar toʻqimalari koʻchirib oʻtkazilgan.

Oʻz navbatida, bemorlardan olingan katta miqdordagi pul mablagʻlarining maʼlum bir qismi operatsiya uchun xususiy klinikaga hamda donorlarga berilgan, qolgani esa oʻzaro taqsimlangan.

Shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyin sogʻliqlarida ijobiy oʻzgarish boʻlmagan bemorlarga ogʻriqni qoldirish maqsadida jinoiy guruh tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari qimmat narxlarda sotilgan.

Uyushgan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 133-1 (inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish hamda transplantatsiya qilish shartlarini va (yoki) tartibini buzish), 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 246 (kontrabanda) va 273 (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) -moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.

Hozirda jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun sud organlariga yuborildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid