platina.uz
Jamiyat

Energetik ichimlikni reklama qilgan MChJga chora koʻrildi

Tashqi reklama va axborot obʼektlari orqali bunday turdagi ichimliklarni reklama qilish taqiqlangan. Toshkentda ushbu qoida buzilgani aniqlandi. 

Energetik ichimlikni reklama qilgan MChJga chora koʻrildi

Raqobat qoʻmitasi tomonidan reklama qonunchiligini buzgan MChJga chora koʻrildi.

“Gorilla” energetik ichimligi reklamasini keng targʻib qilgan “AION BEVERAGES” MChJga nisbatan reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan tegishli taʼsir choralari koʻrildi.

Raqobat qoʻmitasi fuqaro murojaati asosida oʻrganishlar olib borgan. Natijada “AION BEVERAGES” MChJga qarashli avtotransport vositalarida reklama qonunchiligi buzilgan holatlar aniqlandi.

Xususan, Toshkent shahri, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan yoʻllangan murojaatda tegishli avtotransport vositasida “Gorilla” energetik ichimligi reklamasi keng targʻib qilinishi haqida eʼtiroz bildirilgan.

Olib borilgan tekshiruvlarda “AION BEVERAGES” MChJga tegishli 106 ta avtotransport vositasida “Gorilla” energetik ichimligi reklamasi joylashtirilgani oqibatida “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun buzilishi aniqlandi. Qonunning 37-moddasi talablariga koʻra tashqi reklama va axborot obʼektlari orqali energetik ichimliklarni reklama qilish taqiqlanishi belgilangan.

Yuqoridagi holat yuzasidan Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “AION BEVERAGES” MChJga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha “AION BEVERAGES” MChJ tomonidan barcha 106 ta avtotransport vositasidagi reklama toʻliq bartaraf etilishi taʼminlandi.

Avvalroq qoʻmita 3,5 mlrd soʻmga yaqin davlat xaridlarida kamchiliklar aniqlagandi.

"Shargʻun koʻmir" buyurtmachiligida oʻtkazilgan tanlovda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid