Aytjan Xalmaxanov yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempioni boʻldi
U janubiy koreyalik Chung Xan-Jayeni magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Oʻzbekiston vakillari bu sport turida 24 yil ichida ilk bor chempionlikni qoʻlga kiritdi.

Aytjan Xalmaxanov 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempioni boʻlgan ilk oʻzbekistonliklik sportchiga aylandi.
Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatidan xushxabar. Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Aytjan Xalmaxanov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
63 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda janubiy koreyalik Chung Xan-Jayeni magʻlubiyatga uchratishga erishdi.
Bu soʻnggi 24 yil ichida yunon-rum kurashi boʻyicha dunyo birinchiligida oʻzbekistonlik atletlarning qoʻlga kiritgan dastlabki oltin medai boʻldi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamgʻarishga erishdi.
Oltin medal:
-63 kg: Aytjan Xalmaxanov (yunon-rum kurashi)
Kumush medal:
-60 kg: Alisher Gʻaniyev (yunon-rum kurashi)
Bronza medal:
-57 kg: Gʻulomjon Abdullayev (erkin kurash)
-65 kg: Umidjon Jalolov (erkin kurash)
-72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi)