Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada Falastinni rasman tan oldi
Kanada Falastinni rasman tan olgan birinchi G7 davlatiga aylandi. Buyuk Britaniya bosh vaziri esa shu bilan birga HAMASni tanqid qildi.

Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada mustaqil Falastin davlatini rasman tan oldi.
Dastlab Kanada bu ishni amalga oshirdi. Kanada Falastin davlatini rasman tan olgan birinchi G7 davlatiga aylandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati bu harakatga qarshi chiqdi, Isroil ham bu siyosiy jarayonni tanqid qildi.
Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer ham Falastinni tan olganini eʼlon qildi.
Iyul oyida Starmer, agar Isroil bir qator shartlarga, jumladan, Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil bilan birga yashaydigan Falastin davlatini yaratishga olib keladigan uzoq muddatli tinchlik jarayoniga rioya qilmasa, Buyuk Britaniya Falastin davlatini tan olishini aytgandi.
Isroil rahbariyati urush boshlanganidan beri bunday imkoniyatni rad etgan edi.
Avvalroq AQSh prezidenti Trampni Falastin davlatini tan olishga chaqiruvchi tarixiy rezolyutsiya taqdim etilgandi.
Oregon shtatidan saylangan senator Jeff Merkli shunday tashabbus bilan chiqdi. Uni yetti demokrat va bir mustaqil senator qoʻllab-quvvatladi.