Nogironlikni belgilashda yangi tartiblar joriy etiladi
Nogironlik yagona standartlar asosida belgilanadi,tizim raqamlashtiriladi. Mazkur tartib 1 oktabrdan butun respublika boʻylab joriy qilinadi.

Nogironlikni belgilash raqamlashtiriladi va yangi tartiblar joriy etiladi.
2025 yil 16 sentabr kuni “Nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 587-sonli hukumat qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan endilikda nogironlikni belgilash jarayoni elektron tizim asosida amalga oshiriladi:
Nogironlik yagona standartlar asosida belgilanadi. Jarayon Toshkent va Navoiyda sinov tariqasida boshlanadi, 1 oktabrdan butun respublika boʻylab joriy qilinadi.
Bemorning kasallik turi, davolanish muddati, reabilitatsiya va protez vositalariga ehtiyoji avtomatik shakllantiriladi.
Hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda TIEKka yuboriladi.
Hukumat qaroriga muvofiq:
-kasalliklar roʻyxati kengaydi – sirtdan belgilanadigan kasalliklar 48 tadan 60 taga yetdi;
- 18 yoshgacha oʻzgalar parvarishiga muhtoj bolalarning kasalliklari yangi tahrirda tasdiqlandi;
- koʻrikdan qayta oʻtkazish muddati koʻrsatilmagan kasalliklar roʻyxati ham yangilandi.
Nogironligi boʻlgan shaxsni reabilitatsiya qilish dasturi endi faqat elektron shaklda tuziladi.
TIEK ish grafigi – haftada 5 kun, kuniga 7 soatni tashkil qiladi.
Kasb, sport va taʼlimga oid tavsiyalar berish normalari bekor qilindi.