Korrupsiya eng koʻp kuzatilgan hududlar maʼlum qilindi
Oʻtgan yil davomida mamlakat boʻylab 7 354 nafar shaxs korrupsiya bilan javobgarlikka tortilgan. Eng koʻp holat Andijon viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.

Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlar statistikasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra, korrupsiya bilan bogʻliq koʻproq holatlar Andijon, Namangan, Toshkent viloyati va Qashqadaryoda kuzatilgan. Eng kkam holat Xorazm viloyatiga toʻgʻri keldi.
2024 yil davomida mamlakat boʻylab 7 354 nafar shaxs korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan.

Hududlar kesimida eng koʻp holatlar:
Andijon viloyati — 882 ta;
Namangan viloyati — 877 ta;
Qashqadaryo viloyati — 695 ta;
Toshkent viloyati — 697 ta;
Samarqand viloyati — 643 ta;
Eng kam holatlar esa:
Xorazm viloyati — 157 ta;
Jizzax viloyati — 266 ta;
Navoiy viloyati — 366 ta.