platina.uz
Jamiyat

Haydovchilik guvohnomasini uydan chiqmasdan tiklash mumkin boʻladi

Buning uchun my.gov.uz portali orqali tegishli xizmatdan foydalanish kerak. Lekin xizmatdan foydalanishda ayrim istisnolar mavjud. 

Haydovchilik guvohnomasini uydan chiqmasdan tiklash mumkin boʻladi

Haydovchilik guvohnomasini uydan chiqmasdan tiklash imkoniyati yaratildi.

Haydovchilik guvohnomangizni yoʻqotib qoʻyganlar uni yangilash uchun YPX binosiga borishi shart boʻlmaydi. Barcha jarayonlarni onlayn amalga oshirib, vaqtni tejash mumkin.

Buning uchun my.gov.uz portali orqali "Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish" xizmatiga kirish lozim.

Soʻngra "Yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash" boʻlimini tanlab, ariza yoʻllanadi. Xizmat narxi: 370 800 soʻm (0.9 BHM).

Agar guvohnomani manzilingizga pochta orqali yetkazib berilishini istasangiz, qoʻshimcha 25 000 soʻm toʻlov qilasiz.

Xizmat koʻrsatish muddati — 1 ish kuni. Pochta orqali yetkazib berish bilan birga, jami 3 ish kuni ichida yangi guvohnomangiz qoʻlingizda boʻladi.

Quyidagi holatlarda ariza rad etiladi:

- haydovchilik guvohnomasi haqidagi maʼlumotlar tizimda tasdiqlanmasa;

- agar siz transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan boʻlsangiz.

Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 131 va 136-moddalari boʻyicha maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa ham ariza rad etiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid