platina.uz
Jahon

AQSh Afgʻonistondagi harbiy havo bazasiga qaytish istagini bildirdi

Bagram bazasi Xitoy yadro quroli ishlab chiqarayotgan joydan bir soatlik yoʻlda joylashgan, deydi Donald Tramp. U Bayden maʼmuriyati Afgʻonistonni tark etishda "katta xatolarga yoʻl qoʻyganini" taʼdkidlagan. 

AQSh Afgʻonistondagi harbiy havo bazasiga qaytish istagini bildirdi

AQSh Afgʻonistondagi havo bazani qaytarib olish istagini bildirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Afgʻonistondagi Bagram havo bazasining ahamiyatiga eʼtibor qaratdi.

"Biz uni qaytarib olishga harakat qilmoqdamiz. Bu bizga kerak. Bu bazani qaytarishni istashimizning sabablaridan biri bu Xitoy yadro quroli ishlab chiqarayotgan joydan bir soatlik yoʻl boʻlganligidir" dedi u.

Tramp Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifining soʻnggi kunida bosh vaziri Kir Starmer bilan birgalikda matbuot anjumani oʻtkazdi va Afgʻoniston bilan bogʻliq muhim bayonot berdi.

Tramp Jo Bayden maʼmuriyati Afgʻonistonni “juda yomon” tark etib, koʻplab muammolarni ortda qoldirgani va buni oʻzgartirishga harakat qilayotganini aytdi.

Bagram havo bazasining ahamiyatiga eʼtibor qaratgan Tramp:

"Ayni paytda biz uni qaytarib olishga harakat qilyapmiz. Bu soʻnggi daqiqadagi muhim yangilik boʻlishi mumkin. Biz uni qaytarib olishga harakat qilyapmiz. Bu bazani qaytarishni istashimizning sabablaridan biri bu Xitoy yadro quroli ishlab chiqarayotgan joydan bir soatlik yoʻl ekanidir " dedi.

Donald Tramp avvalgi bayonotlarida Bagram havo bazasi Xitoyga topshirganini va bunga Bayden maʼmuriyati aybdor ekanini daʼvo qilgan edi.

Shuningdek, Tramp Afgʻoniston Amerikada ishlab chiqarilgan asbob-uskunalarni sotayotganini daʼvo qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Afgʻonistondan AQSh qoʻshinlari chiqib ketgan 2021 yilda "Tolibon" harakati hokimiyatni egalladi.

Aerodrom 1950-yillarda qurilgan. 1979-1989 yillardagi sovetlar kampaniyasi paytida u asosiy qoʻshinlarni joylashtirish nuqtasiga aylandi. 2001 yildan beri Bagram AQSh nazorati ostiga oʻtdi. Amerika qoʻshinlari Bagramni 2021 yilda tark etgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid