Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan deya topildi
Oʻzbekiston poytaxtida yashash Olmaota, Bishkek, Ostona, Boku kabi shaharlarga qaraganda kamxarjroq ekani aytilgan.

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent dunyoning yashash uchun eng arzon shaharlaridan deya topildi.
Numbeo portali global shaharlarning yashash narxi indeksi reytingini eʼlon qildi. Roʻyxat uy-joy, oziq-ovqat, transport va xizmatlardan kelib chiqqan holda eng qimmatdan eng arzongacha boʻlgan 400 dan ortiq shaharlarni oʻz ichiga oladi.
Toshkent reytingda 370-oʻrinni egalladi. Oʻzbekiston poytaxtida yashash Olmaota (346), Bishkek (364), Ostona (366)ga qaraganda arzonroq ekani aytilgan.
Ozarbayjon poytaxti Boku Tbilisi (316) va Yerevanni (257) ortda qoldirib, 340-oʻrinni egalladi. Reyting qanchalik baland boʻlsa, shahar shunchalik qimmatroq boʻladi.
Shuningdek, reytingda:
-Moskva - 230
- Istanbul — 258
- Yekaterinburg - 277
- Anqara — 286-oʻrinni egalladi.
Dunyodagi eng qimmat shahar Shveysariyaning Syurix shahri boʻlib qolmoqda (1-oʻrin), eng arzoni Hindistonning Koimbatore shahri (404-oʻrin). Umuman olganda Shveysariya va AQSh shaharlari reytingda yuqori pogʻonalarni band etgan.