platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻldi

Bankning ustav kapitalidan mamlakatga 777 777 dona aksiya ajratilgan. Aksiyalarga davlat byudjetidan 168,4 mln dollar ajratiladi.

Oʻzbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga aʼzo boʻldi

Oʻzbekiston rasman Yevroosiyo taraqqiyot bankiga (OITB) aʼzo boʻldi. 16 sentabr kuni prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat 2006 yil 12 yanvarda Ostona shahrida imzolangan YeOTBni tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshilish haqidagi qonunni amalga oshirish doirasida qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekistonga bankning ustav kapitalidan har biri 1000 dollardan boʻlgan 777 777 dona aksiya taqsimlandi. Ulardan 168 411 tasi (21,7 foiz) toʻlangan, 609 366 tasi (78,3 foiz) esa talab qilinganda toʻlanadigan aksiyalar hisoblanadi.

Toʻlanadigan aksiyalarga davlat byudjetidan 168,4 mln dollar ajratiladi. Ushbu miqdordan 10 mln dollar 2025 yilning oʻzida toʻlanadi. 2026 va 2027 yillarda 79 mln 205 ming 500 dollardan toʻlanadi.

Maʼlumot uchun, Yevroosiyo taraqqiyot banki 2006 yilda Rossiya va Qozogʻiston tomonidan tashkil etilgan xalqaro moliya tashkilotidir. 2009 yilda Armaniston va Tojikiston, 2010 yilda Belarus, 2011 yilda esa Qirgʻiziston unga qoʻshilgan. Bank ustav kapitali 7 mlrd dollarni tashkil etadi.

YeTBning bosh ofisi Olmaota shahrida (Qozogʻiston) joylashgan. Bankning Sankt-Peterburgda filiali va Ostona, Bishkek, Dushanbe, Yerevan, Minsk va Moskvada vakolatxonalari mavjud.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid