platina.uz
Sport

Oʻzbekiston FIFA reytingidagi oʻrnini yaxshiladi

Milliy jamoa Qatar va JAR termalari oraligʻida joylashdi. Umumiy reytingda Ispaniya yetakchilik qildi. 

Oʻzbekiston FIFA reytingidagi oʻrnini yaxshiladi

Oʻzbekiston FIFA rreytingida yuqoriladi.

FIFA tomonidan milliy jamoalarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oʻrnidan bir pogʻona yuqorilab, 54-oʻrindan joy oldi.

Shuningdek, milliy jamoa Osiyo termalari orasida 6-oʻrinni band etgan. Yaponiya Osiyoda eng yaxshi natijani qayd etdi (19-oʻrin). Qoʻshni Tojikiston 104, Qirgʻiziston esa 106-oʻrinda joylashdi.

Oʻzbekiston Qatar va JAR termalari oraligʻida joylashgan.

Reytingni Ispaniya boshqarib bormoqda, Fransiya va Argentina keyingi oʻrinlarda. Avvalgi reytinglarda Argentina yuqori pogʻonada edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid