Dorilarga mukkasidan ketish ortida nimalar yashirin?
Platina.uz shu savollarga javob izlab, sohada uzoq yillik tajribaga ega farmatsevt va shifokor Otabek Choriyev bilan suhbatlashdi.

Inson salomatligini taʼminlashda tibbiyot qanday asosiy ustun boʻlsa, sogʻliqni saqlash tizimining barqarorligi uchun farmatsevtika va dorixonalar ham shunchalik hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Biroq bugungi kunda yurtimizda dorixonalarga boʻlgan ehtiyoj shunchalik ortdiki, dori-darmon isteʼmoli, assortimenti va aylanmasi boʻyicha butun mintaqada peshqadamlarga aylandik. Lekin bu raqamlar ortida qanday voqelik yotibdi? Nega aholi shunchalik koʻp dori isteʼmol qiladi? Bu ehtiyoj hayotiy zaruratdan kelib chiqadimi yoki bozor qonuniyatlari taʼsirimi?
Har yili yangi dorixonalar ochiladi, sotuv hajmi oshib boradi. Ammo savol tugʻiladi: dori vositalarining koʻpayishi xalq salomatligini asrashga haqiqatan ham xizmat qilyaptimi? Yoki aholini dorilarga qaram qilishni boyish vositasiga aylantirib olgan kuchlar mavjudmi?
Eng asosiysi — dori vositalarining sifati va maqbulligi haqida kim qaygʻurishi kerak? Xalqqa haqiqiy manfaat keltiradigan dori tavsiya qilish, tijorat va salomatlik orasidagi muvozanatni saqlash kimning zimmasidagi vazifa?
Platina.uz shu savollarga javob izlab, sohada uzoq yillik tajribaga ega farmatsevt va shifokor Otabek Choriyev bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida soha muammolari, mavjud kamchiliklar va yechimlar ochiqchasiga muhokama qilingan.