platina.uz
Siyosat

Abdulla Aripov Qirgʻiziston poytaxtiga bordi

Turkiy davlatlar hukumat rahbarlari bu yerda iqtisodiyot, savdo, transport, raqamlashtirish, energetika va qishloq xoʻjaligi boʻyicha yigʻilish oʻtkazadi. 

Abdulla Aripov Qirgʻiziston poytaxtiga bordi

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekka bordi. Bosh vazir u yerda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari va vitse-prezidentlari yigʻilishida ishtirok etadi.

Aripovni “Manas” xalqaro aeroportida Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari, suv, qishloq xoʻjaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Bakit Toroboyev kutib oldi.

Bugun Bishkekda boʻlib oʻtadigan yigʻilishda tashkilotga aʼzo davlatlarning hukumat rahbarlari va yuqori mansabdor shaxslari hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari, jumladan, iqtisodiyot, savdo, sarmoya, transport, raqamlashtirish, energetika va qishloq xoʻjaligi kabi sohalarni muhokama qiladi.

Turkiy davlatlar tashkiloti turkiy mamlakatlarni birlashtiruvchi hukumatlararo organ boʻlib, uning Bosh kotibiyati Istanbulda joylashgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid