Samarqandda tanqidiy yigʻilish: yetti nafar kadastrchi ishdan olindi
Oʻnga yaqin xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan. Ular aholidan tushayotgan arizalarni asossiz rad etib, eʼtiborsiz qoldirgan.

Kadastr sohasida boʻyicha tanqidiy yigʻilish boʻlib oʻtdi va qator xodimlari ishdan olindi.
Samarqand viloyatida Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K. Valiyev boshchiligida tahliliy-tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi.
Uchrashuvda aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan arizalarning asossiz rad etilayotgani, murojaatlarga beeʼtiborlik va masʼuliyatsiz yondashuv keskin tanqid ostiga olindi. Oʻrganilgan asosli faktlar tahlili boʻyicha viloyatning filial rahbarlaridan izoh soʻraldi.
Palata raisi "Ariza va murojaatlarni belgilangan muddatlarda va qonuniy asosda javob berish, asossiz radlar uchun javobgarlik belgilanishi" - haqida ogohlantirdi.
Nazorat yanada kuchaytirilishi belgilandi. Bunday holatlarga yoʻl qoʻyayotgan 10 ga yaqin xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilanib, 7 nafar kadastrchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisining murojaat va arizalar boʻyicha oʻrganish ishlari davom etmoqda.