platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda “Kelajak” markazlari tizimi tashkil etiladi

Markazlarda shartnoma asosida malakali mutaxassislar hamda nodavlat oʻquv markazlarini jalb etgan holda toʻgaraklar tashkil etiladi. 

Oʻzbekistonda “Kelajak” markazlari tizimi tashkil etiladi

“Kelajak” markazlari tizimi tashkil etiladi.

“Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–277-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, “Kelajak” markazlariga quyidagilarga ruxsat etiladi:

-shartnoma asosida malakali mutaxassislar hamda nodavlat oʻquv markazlarini jalb etgan holda toʻgaraklar tashkil etish;

- ota-onalar badali toʻlovini ota-onalar bilan kelishgan holda respublika boʻyicha belgilangan minimal miqdorlarga nisbatan oshirish.

2026 yil 1 yanvardan “Kelajak” markazlarida oʻqiganlik uchun ota-onalar badali toʻlovining minimal miqdorlari qayta koʻrib chiqiladi.

“Kelajak” markazlari kontingent soni boʻyicha ikkita guruhga ajratiladi.

Bunda kontingent soni 600 nafargacha boʻlgan “Kelajak” markazlari – II guruhga, 601 nafar va undan ortiq boʻlganda – I guruhga tegishli hisoblanadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) “Kelajak” markazlari faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

- markazlardagi toʻgaraklar faoliyati zamonaviy va yagona dastur asosida tegishli yoʻnalishlarga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi;

-inklyuziv toʻgaraklarga jalb qilingan pedagoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida har oyda ustama haq toʻlanadi.

“Kelajak” markazlarining umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida oʻquvchilar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

Maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi.

2026 yil 1 sentabrdan menejerlik sertifikatiga ega maktab maslahatchilariga lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid