platina.uz
Jamiyat

Grin kartaga roʻyxatdan oʻtish pullik boʻladi

Yigʻilgan pullar tizim xarajatlariga yoʻnaltiriladi. Yigʻimlar bir yilda taxminan 25 million dollar foyda keltiradi. 

Grin kartaga roʻyxatdan oʻtish pullik boʻladi

Grin karta lotereyasi endi pullik boʻladi.

AQSh Davlat departamenti Diversity visa lotereyasida roʻyxatdan oʻtish uchun 1 dollarlik yigʻim joriy etilishini eʼlon qildi. Bu haqda departament saytida aytilgan.

Tegishli qoida 16 sentabrda eʼlon qilingan va u oktabr oyidan kuchga kirishi kerak. Gʻolib boʻlgan taqdirda viza soʻrovini keyingi koʻrib chiqish uchun yigʻim oʻzgarishsiz qoladi – 330 dollar.

Yangi toʻlovlar tizim, maʼlumotlarni saqlash, avtomatik tanlash va xavfsizlikni tekshirish xarajatlarini qoplashga yordam beradi. Toʻlov, shuningdek, soxta arizalar sonini kamaytirishi kerak. Bu har yili taxminan 25 million dollar qoʻshimcha daromad keltiradi.

Eslatib oʻtamiz, avval grin karta lotereyasida qatnashish mutlaqo bepul edi.

Oʻzbekiston grin kartaga talabgorlar eng koʻp mamlakatlardan sanaladi. Har yili millionlab fuqarolar ushbu lotereyaga ariza topshiradi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid