platina.uz
Jamiyat

Shavkat Umurzoqov oʻqituvchilar uchun 2 mlrd soʻm ajratadi

Mablagʻlar Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga beriladi.

Shavkat Umurzoqov oʻqituvchilar uchun 2 mlrd soʻm ajratadi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 16 sentabr kuni imzolagan farmoyish bilan byudjetdan 2 mlrd soʻm ajratiladi.

Ushbu pullar shahar mahalliy byudjetining zaxira jamgʻarmasi hisobidan poytaxtdagi taʼlim muassasalarida uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan oʻqituvchi va murabbiylarni taqdirlash, 1 oktabr – “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun sarflanishi belgilangan.

Barcha mablagʻlar Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga ajratiladi.

Maʼlumot uchun, 1 oktabr kuni Oʻzbekiston dam olish kuni hisoblanadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid