platina.uz
Sport

“Navbahor” futbol maktabi “Ayaks” akademiyasi boshqaruviga beriladi

Kelishuv muddati uch yilni tashkil etadi. Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

“Navbahor” futbol maktabi “Ayaks” akademiyasi boshqaruviga beriladi

“Navbahor” futbol maktabi “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga beriladi.

“Namanganga kelib, futbol haqida gapirmasak boʻlmaydi. Namanganlik yoshlar uchun futbol shunchaki oʻyin emas, bu – hayot tarzi. Har bir bola mahallada toʻp tepib katta boʻladi. “Navbahor”ning har bir oʻyini – shahar uchun katta bayram”, - dedi davlatimiz rahbari.

Yaqinda “Navbahor” futbol maktabini uch yil muddatga Niderlandiyaning mashhur “Ayaks” futbol akademiyasi boshqaruviga berish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Ushbu akademiyaning 11 nafar murabbiy, skaut va metodistlari Namanganga olib kelinadi.

Prezident kelajakda bu akademiyada dunyoning "top" klublarida oʻynaydigan, jahon chempionatlarida oʻz mahoratini namoyon qiladigan koʻplab futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Yigʻilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi, tadbirkorlarning namunali tajribalari koʻrib chiqildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid