platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbariga chora koʻrildi

Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarorida maʼlum qilindi. U topshiriqlar ijrosida sustkashlikka yoʻl qoʻygan. 

Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbariga chora koʻrildi

Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbari jazolandi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarorida aytiladi. Hujjat 2025 yil 15 sentabr kuni eʼlon qilingan.

Qarorda aytilishicha, 2025 yil I yarim yilligida ijro intizomiga rioya etilishi holati yuzasidan Toshkent shahar hokimi devoni rahbari Y.Ismailovning axboroti muhokama qilingan.

Toshkent shahar hokimining toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari majmuasi va Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbari Abror Raxmonov ogohlantirildi va jazolandi.

Jazo turi ochiqlanmagan.

U 1-yarim yillikda prezidentning 2024 yil 29 martdagi 13-son yigʻilish bayonining 2-bandi ijrosini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan.

Taʼkidlash kerak, Abror Rahmonov 2024 yilning avgust oyida ham hayfsan jazosi olgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid