platina.uz
Sport

Oʻzbekiston jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi

Angliyadagi boks boʻyicha birinchilikda terma 6 oltinni qoʻlga kiritdi. Qozogʻiston esa yetti oltin medal olib, birinchi oʻrinni egalladi. 

Oʻzbekiston jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatida jami 11 ta medalga ega chiqdi.

Abdumalik Xalokov ikkinchi bor jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdumalik Xalokov yana bir bor jahon chempionligiga erishdi. -60 kg vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz finalda braziliyalik Luis Oliveyrani qiyinchiliksiz magʻlubiyatga uchratib oltin medalga sazovor boʻldi.

19 yoshli Akmaljon Isroilov jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidagi eng yosh bokschi Akmaljon Isroilov (-85 kg) ham gʻalaba qozondi. Mezbon Tiyjn Stottga qarshi jang olib borgan 19 yoshli bokschimiz raqibini kuchli zarbalari oldida ojiz qoldirib, jahon chempionligiga sazovor boʻldi.

Shunday qilib, Liverpul shahrida boks boʻyicha dunyo birinchiligi poyoniga yetdi. Dunyoning 68 mamlakatidan 540 nafar bokschi ishtirok etgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Oltin medal:

-60 kg: Abdumalik Xalokov

-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev

-80 kg: Javohir Ummataliyev

-85 kg: Akmaljon Isroilov

-92 kg: Toʻrabek Habibullayev

Kumush medal:

-65 kg: Navbahor Hamidova

+92 kg: Jahongir Zokirov

Bronza medal:

-48 kg: Sabina Boboqulova

-51 kg: Feruza Boboqulova

-75 kg: Aziza Zokirova

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid