platina.uz
Jamiyat

Fargʻona viloyatida issiqlik taʼminoti tariflari oshadi

Yangi narxlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tartibga solingunga qadar amal qiladi. 

Fargʻona viloyatida issiqlik taʼminoti tariflari oshadi

Xalq deputatlari Fargʻona viloyati kengashi qarori bilan hududda yangi issiqlik tariflari belgilandi. Hujjat 2025 yil 15 sentabr kuni eʼlon qilingan.

Unga koʻra, 1 Gkal issiqlik narxi "Fargʻona issiqlik manbai" boshqarmasida aholi uchun 129 ming soʻm, byudjet tashkilotlari va boshqa ulgurji isteʼmolchilar uchun 290 ming 458 soʻmni tashkil qiladi. Fargʻona shahar "Qirguli issiqlik manbai" MChJda aholi uchun 149 ming soʻm, ulgurji isteʼmolchilar uchun esa 416 ming 472 ming soʻm etib belgilandi.

"Qoʻqon shahar issiqlik taʼminoti" MChJda narxlar byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun narxlar 219 ming 744 soʻmni tashkil qiladi.

Hujjat eʼlon qilingan kun kuchga kirishi belgilangan.

Narxlar 2025 yil 1 oktabr kunidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan qayta belgilanadigan (tartibga solingan) kunga qadar amal qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2025 yil 11 martda “Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash sohasini tubdan isloh qilish hamda binolarning energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-100-sonli qarori eʼlon qilingandi. Unga koʻra, “Issiqliktaʼminoti” AJ tarkibidagi hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida faoliyat koʻrsatuvchi issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan Jamiyat bilan birgalikda shakllantirilgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun narxlarni (tariflarni) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tartibga solish belgilangan.

Maʼlumot uchun: 2024 yil 1 sentabr kunidan 1 Gkal issiklik energiyasi “Fargʻona issiqlik manbai” davlat boshqarmasi xizmatida aholi uchun 89 612,9 soʻm, byudjet tashkilotlari hamda boshqa ulgurji isteʼmolchilar uchun (QQS siz) 290 458,9 soʻm hamda Fargʻona shahar “Qirguli
issiqlik manbai” MChJda aholi uchun 104 014,6 soʻm, byudjet tashkilotlari hamda boshqa ulgurji isteʼmolchilar uchun (QQS siz) 416 597,0 soʻm etib belgilangan.

Avgust oyi oxirida Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti narxi oshishi maʼlum boʻlgandi.Yangi tariflarning kuchga kirish sanasi hozircha nomaʼlum.

Shuningdek, Toshkent viloyatida ham issiq suv boʻyicha yangi tariflar tasdiqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid