platina.uz
Sport

Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempionini yenga olmadi

12 raundlik chempionlik jangi toʻliq davom etdi. Yakunda hakamlar yapon bokschisi Naoya Inouening gʻalabasini qayd etdi. 

Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempionini yenga olmadi

Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouedan magʻlubiyatga uchradi.

Nagoya shahrida joylashgan IG Arena majmuasida professional boks oqshomi nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning asosiy bahsida ikkinchi eng yengil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue ushbu vazn toifasida WBA yoʻnalishi boʻyicha vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev bilan toʻqnash keldi.

12 raundlik chempionlik jangi toʻliq davom etdi.

Yakunda hakamlar bir ovozdan yapon bokschisining gʻalabasini qayd etishdi. Inoue chempionlik kamarlarini oʻzida saqlab qoldi.

Shunday qilib, 30 yashar hamyurtimiz faoliyatidagi 16-jangida 2-magʻlubiyatini qabul qilib oldi. 32 yoshli Naoya esa 31-jangida oʻzining 31-gʻalabasini nishonladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid