Fazliddin Erkinboyev jahon chempioniga aylandi
Oʻzbekiston termasi boks boʻyicha Angliyada oʻtayotgan jahon chempionatida dastlabki oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Bokschi Fazliddin Erkinboyev jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Angliyada oʻtayotgan jahon chempionatida dastlabki oltin medaliga sazovor boʻldi. -75 kg vazn toifasida bahs olib borgan Fazliddin Erkinboyev finalda bolgariyalik Kivan Rami ustidan gʻalabaga erishib, terma jamoamizga musobaqadagi dastlabki chempionlikni taqdim etdi.
Final:
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kivan Rami (Bolgariya) 5:0
Shuningdek, kun davomida ringga koʻtarilgan yana uch nafar bokschimiz final yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Yarim finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova - Nazim Kizaybay (Qozogʻiston) 1:4
-65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - Lasha Guruli (Gruziya) raqib ringga chiqmadi
-80 kg: Javohir Ummataliyev - Gabriel Veochich (Xorvatiya) 5:0
-51 kg: Feruza Kazakova - Buse Naz Chakiroglu (Turkiya) 1:4
-70 kg: Aziza Zokirova - Lekeisha Pergoliti (Avstraliya) 0:5
-85 kg: Akmaljon Isroilov - Mixail Fares (Avstriya) 5:0
Bronza medal:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-51 kg: Feruza Kazakova
-75 kg: Aziza Zokirova.