Tramp Rossiyaga keskin choralar koʻrish shartini aytdi
NATOning barcha davlatlari Rossiya neftini sotib olishdan voz kechishi kerak, deydi u.

AQSh prezidenti Donald Tramp qanday holatda Rossiyaga jiddiy sanksiyalar kiritishi mumkinligini aytdi.
Agar NATOning barcha davlatlari Rossiya neftidan voz kechsa, Vashington Rossiyaga qarshi jiddiy sanksiyalar joriy etadi.
“NATOning barcha davlatlari bunday qadamlarga rozi boʻlib, xuddi shunday yoʻl tutsa, Rossiyadan neft sotib olishni toʻxtatganda, men Rossiyaga qarshi yirik sanksiyalarga tayyorman”, — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmogʻida.
AQSh prezidentining fikricha, Rossiyadan neft sotib olish alyansning ruslarga nisbatan muzokaralardagi pozitsiyasini zaiflashtiradi.
Bundan tashqari, Tramp Xitoy importiga yuqori bojlar ham Ukrainadagi inqirozni hal qilishga yordam berishiga ishontirdi.
“Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush tugagandan soʻng butunlay bekor qilinadigan tariflar va butun NATO uchun Xitoyga nisbatan 50-100% tariflarni joriy etish bilan qadamlar bu halokatli, ammo bemaʼni urushni tugatishga katta yordam beradi, deb hisoblayman”, dedi AQSh prezidenti.
Tramp va Rossiya
Tramp hokimiyatga kelganidan buyon Rossiya bilan kelishishga urindi, hatto 15 avgustda Putin bilan uchrashdi.
Ammo muzokaralar real natija keltirmadi. Tramp shunda ham Moskvaga nisbatan cheklovlar kiritishga shoshmayapti. Uning "50 kunlik muhlati" ham amalga oshmadi.