platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston BMTda Falastinni yoqlab ovoz berdi

BMT Bosh Assambleyasi Fransiya va Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan ikki davlat asosidagi yechimni qoʻllab-quvvatlashga chaqiruvchi deklaratsiyani maʼqulladi. 

Oʻzbekiston BMTda Falastinni yoqlab ovoz berdi

Oʻzbekiston BMTda mustaqil Falastin davlati tuzilishini yoqlab ovoz berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Fransiya va Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan ikki davlat asosidagi yechimni qoʻllab-quvvatlashga chaqiruvchi deklaratsiyani maʼqulladi. Nyu-York deklaratsiyasini 142 davlat yoqlab, 10 davlat qarshi, 12 davlat betaraf ovoz berdi.

Fransiya va Saudiya Arabistoni tomonidan taqdim etilgan taklif birinchi marta iyul oyida Nyu-York konferensiyasida qabul qilingan edi. Tashabbuskorlarning fikricha, Falastin davlatini yaratishda “qaytib boʻlmaydigan” yoʻl ochish kerak boʻlgan harakatlar rejasi mavjud.

Oʻn davlat hujjatga qarshi chiqdi. Ular ichida AQSh va Isroil bor.

Oʻzbekiston va uning barcha qoʻshnilari Falastinni qoʻllab ovoz bergan.

Avvalroq Isroil Gʻarbiy sohildagi ishgʻolni kengaytirish boʻyicha rejani tasdiqlagandi.

Yahudiy davlati ushbu hududga oʻz aholisini koʻchirib keltirishni koʻpaytirmoqda. Ushbu amaliyot xalqaro huquqqa muvofiq noqonuniy hisoblanadi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Isroilning Qatarga hujumini qoralab chiqdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid