platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Isroilning Qatarga hujumini qoraladi

Prezident Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev Isroilning Qatarga hujumini qoraladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 sentabr kuni Qatar davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari yaqinda Isroil tomonidan Qatar poytaxti Doha shahriga uyushtirilgan raketa zarbalarini keskin qoraladi. Qatar mustaqilligi va suverenitetini buzadigan, uning xavfsizligiga tahdid soladigan bunday nomaqbul xatti-harakatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, xalqaro huquqning asosiy qoida va tamoyillariga zid ekani qayd etildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston – Qatar strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari ham koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday shakliga va Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada keskinlashishiga olib keladigan qadamlarga qarshi ekani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Prezidenti Qatar tashabbusi bilan chaqirilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammitining muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.

Eslatib oʻtish kerak, 3 kun avval Isroilning “HAMAS rasmiylarini yoʻq qilishga” urinishi tufayli Qatarga zarbalar bergandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid