Jarima ballari: qoidabuzarliklar oʻtgan yilga nisbatan 58 foizga kamaygan
Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi. Salkam 64 ming haydovchi esa 1 ballgacha jarima ballari olgan.

Oʻtgan uch oy davomida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun 60 mingdan ziyod haydovchi jarima ballarini oldi.
Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Joriy yilning iyun oyidan boshlab Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, haydovchilarga qoidabuzarlik uchun jarima ballari belgilash amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
Uch oy ichida 4 nafar haydovchi 5 ballgacha, 14 haydovchi 4 ballgacha, 129 haydovchi 3 ballgacha, 4976 nafar haydovchi 2 ballgacha, 63 974 nafar haydovchi esa 1 ballgacha jarima ballari olgan. Shu bilan birga 9 mln 325 ming haydovchi umuman jarima ballari olmagan.

2024 yil iyun-avgust oylarida 285 mingdan oshiq qoidabuzarliklar sodir etilgan. Bu koʻrsatkich 2025 yilning iyun-avgust oylarida 168 mingtani tashkil etadi. Yaʼni oʻtgan yilga nisbatan qoidabuzilishlari 58 foizga kamaygan.
Oʻtgan yili yozning uch oyida haydovchilar aybi bilan 531 YTH sodir boʻlgan, bu koʻrsatkich 2025 yilda 338 tani tashkil etmoqda. Kamayish darajasi 36 foizni tashkil etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 1 iyundan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari tizimi ishga tushgandi.
Yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilar toʻplagan jarima ballari haqida SMS xabarnoma orqali ogohlantiriladi.
Avvalroq ayrim qoidabuzarliklar uchun jazoni kuchaytirish taklif etilgandi.
Belgilangan tezlikni soatiga 100 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborganlik uchun ulovni boshqarish huquqidan olti oyga mahrum qilinib, BHMning yigirma baravari miqdorida jarima tayinlanishi mumkin.