platina.uz
Jamiyat

Havo harorati birdan salqinlashishi kutilmoqda

Keyingi haftaning birinchi yarmida Oʻzbekistonga salqin havo massalari kirib keladi. Harorat kunduzi 20-25 darajagacha pasayadi. 

Havo harorati birdan salqinlashishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda yakshanba kunidan boshlab harorat pasaya boshlaydi.

Ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 30-35 daraja atrofida, janubda bugun kunduzi 37-39 darajagacha boʻladi.

Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzgi harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari boʻyicha harorati pasaya boshlaydi. Havo harorati kunduzi 25-30 darajadan, janubda 33-35 darajadan yuqori boʻlmaydi.

Toshkentda: havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati: bugun 33-35 daraja, ertaga 31-33 daraja, yakshanba kuni 27-29 daraja boʻladi.

Harorat asosan kechalari 16-19 daraja boʻladi.

Keyingi haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Havo harorati kechalari 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 20-25 darajagacha pasayadi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid